21 Fevral 2023 yil 421

Rishton tumanida tandirxonasida “ogʻu” saqlagan shaxs aniqlandi

Rishton tumani. 14 fevral kuni tuman IIB TEQKG va JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Polvonobod mahalla hududida J.J.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadoni tandirxonasidan sellofan paketga oʻralgan kuritilgan holdagi, marixuana giyohvanlik vositalarini saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech