Rishton tumanida talonchilar qoʻlga olindi
Rishton tumani.2022-yilning 28-iyul kuni B.J va A.A oʻzganing mol-mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida, jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlib, Toshogʻoliq mahalla hududida odamlardan xoli boʻlgan xilvat koʻchaga kelib, shu yerda turgan fuqaro S.M.ni yonida puli borligini bilib, unga tashlanib, unga nisbatan hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, egnidagi koʻylagini oldi chap choʻntagida boʻlgan 1.100.000 soʻm pullarini talonchilik yoʻli bilan egallash maqsadida, koʻylagini choʻntagini yirtib yuborib, fuqaro S.M.ning qarshilik koʻrsatganligi va uning qizi S.Sh kelib qolganligi sababli, oʻzlarining jinoiy harakatlarini oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan qochib yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 25,166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati