30 Iyun 2022 yil 478

Rishton tumanida talonchi qoʻlga tushdi

Rishton tumani. B.X Navbahor mahalla hududida yashovchi X.N ismli ayolning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasiga kirib, hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, undan 15.000 soʻm miqdoridagi pullarni talonchilik yoʻli bilan olib, soʻng qaytarib berib, oʻzga shaxslarga ma’lumotlarni oshkor qilmaslik haqida aytib, xonadondan chiqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech