Rishton tumanida savdo doʻkonidan 5.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Rishton tumani. Guliston mahalla hududida yashovchi fuqaro N.M IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 14-iyun kunidan 15-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida joylashgan savdo doʻkoniga kirish eshigi oynasini sindirish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkon kassasida boʻlgan 5.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Rishton tumani IIB xuzuridagi tergov xodimlari va tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.O sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli pullar ashyoviy dalil tariqasida olinib, tergov harkatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati