12 Sentyabr 2022 yil 391

Rishton tumanida sartaroshxonadan telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Rishton tumani. R.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 24-avgust kuni noma’lum shaxs Chekjaloyer mahalla hududida joylashgan sartaroshxonada qarovsiz qoldirilgan narxi 1.500.000 soʻmlik “IPhone 7” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech