23 Mart 2023 yil 640

Rishton tumanida qarovsiz qoldirilgan kurtka choʻntagidan pul oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Rishton tumani. Fuqaro I.Q IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 30 yanvar kuni nomaʼlum shaxs Xoʻja Ilgʻor mahalla hududida joylashgan joʼme masjidining umumiy taxoratxonasida qarovsiz qoldirilgan kurtkasining choʻntagida boʻlgan 300 AQSh dollari va 4.200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.Sh sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech