Rishton tumanida plastik kartochkadagi pullarni mobil ilovasi orqali oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Rishton tumani. 17-iyul kuni A.S IIBga murojaat qilib, unda 12-iyul kuni noma’lum shaxs nomiga tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasini uyali aloqa apparatiga oʻrnatiladigan “Раy me” mobil ilovasi orqali jarlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasidan 1.957.000 soʻm pullarni yashirin oʻgʻirlaganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Oʻ.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati