Rishton tumanida plastik karta hisobidan pul oʻgʻirlagan ayol javobgarlikka tortildi
Rishton tumani.2022-yilning 09-mart kuni M.H ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs, nomiga tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasidan uning telefon apparatiga oʻrnatilgan “Cлиcк” mobil ilovasi orqali ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik kartasi hisobida boʻlgan 497.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati