Rishton tumanida “ogʻu” saqlagan shaxs aniqlandi
Rishton tumani.2022-yilning 17-oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Abdullaboyon mahalla hududida N.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadoni soʻrisi ustida sellofan paketda “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati