Rishton tumanida oʻgʻirlikka xonadondan 3.400 AQSH dollar pullarni oʻgʻirlagan ayol fosh
Rishton tumani. Saroy mahalla hududida yashovchi Q.Q ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 26-avgust kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga kirish eshigi orqali gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadoni yotoqxonasidagi sandiq ichida boʻlgan jami 3.400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni fuqaro Q.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati