2 Noyabr 2021 yil 443

Rishton tumanida avtomashinasini fuqaroga sotib nomiga oʻtkazib bermay aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Rishton tumani. 2021-yilning fevral oyida Gʻ.R Q.Q.ning ishonchiga kirib, 3.000 AQSH dollari evaziga garovda boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashinasini nomiga oʻtkazib berishini aytib sotib, pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech