7 Iyun 2022 yil 296

Rishton tumanida “marixuana” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Rishton tumani. 2022-yilning 30-may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston mahalla hududida yashovchi E.I.ning yashash xonadonini xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni chordogʻidagi “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech