24 Yanvar 2023 yil
395
Rishton tumanida marixuana giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Rishton tumani. 2023-yil 16-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, M.A mahalla hududida toʻxtatilib yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, choʻntagidan “marixuana” giyohvandlik moddarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati