16 Fevral 2023 yil
375
Rishton tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini xonadonida saqlagan shaxs aniqlandi
Rishton tumani.2023 yilning 10 fevral kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Saroy mahalla hududida yashovchi Q.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon ayvonida “marixuana” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati