14 Fevral 2023 yil
416
Rishton tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Rishton tumani. 2023 yilning 03 fevral kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Bogʻiston mahallasi hududida yashovchi I.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati