Rishton tumanida marixuana saqlanilayotganligi aniqlandi
Rishton tumani. 07 mart kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, To'da mahalla hududida yashovchi O'.R.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, uni egnida bo'lgan ko'ylagi cho'ntagidan oq qog'oz parchasiga o'ralgan giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati