16 Avgust 2021 yil 456

Rishton tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelinayotganligi aniqlandi

Rishton tumani. 09-avgust kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Chinnigaron MFY hududida yashovchi Q.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon mehmonxonasi va yotoqxonasida “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech