11 Iyul 2023 yil 384

Rishton tumanida ijarachi xonadondan pul oʻgʻirlai

Rishton tumani. Farovonlik mahalla hududida fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 04-iyul kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida boʻlgan 650 AQSH dollari va 4.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi M.A bilan bir xonada ijarada yashab kelgan voyaga yetmagan Q.M sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.Shunga koʻra jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.

Hozirda tergov harkatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech