17 Avgust 2021 yil 374

Rishton tumanida xonadondan 400 AQSH dollari va 1.500.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Rishton tumani. 14-avgust kuni E.Badalov koʻchasida yashovchi fuqaro M.I. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib yotoqxonasidagi shkaf ichida boʻlgan 400 AQSH dollari va 1.500.000 soʻm miqdoridagi pullarini oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Oʻ.D sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech