9 Dekabr 2022 yil 466

Rishton tumanida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Rishton tumani.2022-yilning 30-noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Minor mahalla hududida yashovchi M.A oʻzini shubxali tarzda tutganligi uchun yoni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech