Rishton tumanida gaz plitasini oʻgʻirlangan shaxslar qoʻlga tushdi
Rishton tumani. M.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 12-yanvar kunidan 13-yanvar kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Yangi yoʻl mahallasida joylashgan namunali uyiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, narxi 3.000.000 soʻmlik gaz plitasini yashirin ravishda oʻgʻrilab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.S, S.M va Sh.D. lar sodir etganligi aniqlanib, telefon apparati daliliy ashyo tariqasida olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati