7 Aprel 2022 yil 394

Rishton tumanida “Gashish” giyohvandlik moddasini saqlab yurgan shaxs fosh etildi

Rishton tumani.2022-yilning 19-mart kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshqayron MFYda yashovchi X.Q ismli shaxs Zarariq MFY hududida toʻxtatilib, xolislar ishtirokida yoni koʻzdan kechirildi. Ushbu fuqaro yonidan kelgusida oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda “Gashish” giyohvand moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech