6 May 2023 yil 349

Rishton tumanida bir bosh qoramolni sotib olgan shaxs va’dasida turmadi

 

Rishton tumani. 2023-yilning 19-mart kuni Qoʻngʻirot mahalla hududida X.M T.J.ning ishonchiga kirib, undan bir bosh qoramolini 12.500.000 soʻmga sotib olishga kelishib, kelishilgan pullarning 5.000.000 soʻmini berishligini yolgʻondan aytib, qolgan 7.500.000 soʻm pullarni esa bir hafta ichida olib kelib berishini va’da qilib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan bir bosh qoramolni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech