Rishton tumanida ayolning plastik karta hisobidan pul oʻgʻirlandi
Rishton tumani.02-mart kuni M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasi hisobiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, noqonuniy ulanib olib, plastik karta hisobida boʻlgan 2.427.000 soʻm pulini yashirin ravishda oʻgʻirlab, yechib olganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan S.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati