Rishton tumanida ayolning plastik kartasidan pul yechib olgan shaxs qoʼlga tushdi
Rishton tumani. O.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 29 dekabr kuni nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, jabrlanuvchiga sezdirmasdan plastik karta hisobida boʼlgan 1.008.000 soʼm pullarini yashirin ravishda oʼgʼirlab yechib olganligni maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni E.А va N.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati