Rishton tumanida 500 dona chinni likoplarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Rishton tumani.A.Navoiy koʻchasida D.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 18-iyun kunidan 19-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qolgan 2500 soʻmdan boʻlgan, 500 dona jami bahosi 1.250.000 soʻmlik chinni likoplarini yashirin ravishda oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha xodimlari va Rishton tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Gʻ.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati