Rishton tumanida 47.172.000 soʻmlik noutbuklarni kreditga olib toʻlamay kelgan fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Rishton tumani. 2020-yilning aprel oyida X.D tanishi M.M ismli ayolning ishonchiga kirib, tumanda joylashgan 6 ta kredit savdo doʻkonlaridan umumiy narhi 47.172.000 soʻmlik noutbuklarni olib, belgilangan muddatda kredit pullarini toʻlab borishini va’da qilib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan noutbuklarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati