28 Fevral 2020 yil 1097

Rishton tumanida 1400 dona tramadol tabletkasi musodara qilindi.

Rishton.2020 yil 20 fevralь kuni, Rishton tumani IIB va DXX Rishton tuman boʼlimi xodimlari bilan xamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Qoʼqon shaharda yashovchilar, 29 yoshli N.N., va 42 yoshli M.B.,lar Rishton tumani Qalaynov MFY hududida, maxsus xaridorga 4 000 000 soʼm va 400 АQSh dollari evaziga jami 1 400 dona “Tramadol lannacher 50mg” tabletkalariga oʼxshash tabletkalarini sotishgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan ushlanishgan.
Ekspertiza xulosasida, rasmiylashtirib olingan ushbu 1 400 dona tabletkalarni sof vazni 70 (etmish gramm) “Tramadol lannacher 50mg” tabletkalari ekanligi aniqlangan. Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan N.N., va M.B., larga nisbatan Oʼz.R. JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyait ishi qoʼzgʼatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech