Rishton tumani IIB xodimlari tomonidan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari olib borilmoqda
Maʻlumki, so'nggi yillarda mamlakatimizda ko'kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko'rilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko'kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.
Rishton tuman IIB xodimlari ham manzarali va mevali daraxtlar, gul ko'chatlari ekib, obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirib bormoqdalar.
Jumladan, tumanning Bo'jay, Oq tomir, Miskin, Zoxidon, yuqori Avazboy, kabi bir qator maxalla fuqarolar yig'inlariga xizmat ko'rsatuvchi profilaktika isnpektorlari tomonidan xizmat uylari xamda tayanch punktlari atroflariga turli xil navdagi 100 dan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
Bundan tashqari, tuman IIB maʻmuriy binosida joylashgan er maydoniga ham sohaviy xizmat xodimlari tomonidan turli navdagi 20 dan ortiq mevali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.
Tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Farg'ona viloyati Axborot xizmati