28 Iyun 2023 yil 671

Rishton tumanida savdo doʻkondan 15.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Rishton tumani. Yoshlik mahalla hududida yashovchi A.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 21-iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni yonida joylashgan savdo doʻkoni eshik oynasini sindirish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkon kassasidan 15.000.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tadbirlar nitijasida, ushbu jinoyatni H.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: