29 Yanvar 2025 yil 1823

Prezidentimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan joylarda mahalla yettiligi ishtirokida o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda

 Viloyat IIB rahbariyati ishtirokidagi ana shunday tadbirlar Marg‘ilon hamda Quvasoy shaharlari tashkil etildi.

 Seminarda, Qaror bilan har bir mahalla kesimida amalga oshiriladigan ishlar yettilik a’zolariga tushuntirildi.

 Mahallalarda sog‘lom muhitni saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, choraklik manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarga Mahalla–tuman–viloyat darajasida bevosita mas’ul rahbarlar biriktiriladi va aniq sohaviy javobgarlik yuklatilganligi bu borada “mahalla yettiligi”ning mas’uliyati yig‘ilganlarga yetkazildi.

 Oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 Farg‘ona viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech