Respublika ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatida sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilmoqda
Shu kunlarda Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatida sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik Yaxyojon Abdulhaqov hamda Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan ham sayyor qabullar tashkil etildi.
Xususan, Margʻilon shahrida oʻtkazilgan qabul jarayonida ichki ishlar organlari foliyati bilan bevosita bogʻliq 27 ta murojaat qabul qilingan boʻlsa, ushbu murojaatlarning 17 tasi joyida ijobiy xal etildi.
Shuningdek, 5 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat berildi. Yechimi ma’lum muddat talab etuvchi 5 ta murojaatlar nazoratga olindi.
Shu kuni bevosita ichki ishlar organlari yordamida 9 nafar yoshlarga ilk marotaba fuqarolik pasporti rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, 2 nafar murojaatchining koʻp yillik orzusi ushaldi va ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Fargʻona shahrida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda esa sohaga doir 15 ta murojaat kelib tushdi.
Har bir murojaat ishchi guruhi tomonidan atroflicha oʻrganilib, 2 ta murojаatga shu yerning oʻziga yechim topildi. 6 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat, 3 nafar murojaatiga esa tushuntirish berildi. 4 ta murojaatning ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi.
Ushbu ommaviy sayyor qabullar muhtaram Yurtboshimiz rahnamoligida olib borilayotgan insonparvar siyosatga hamohang ravishda davlat organlarini xalq bilan yanada yaqinlashtirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati