30 May 2022 yil 184

“RedMI Note 9” rusumli uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona shahri. U.A IIB ga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs umumiy ovqatlanish oshxonasidagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan, narhi 1 900 000 soʻmlik “RedMI Note 9” rusumli uyali telefon apparatini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur xolat yuzasidan Fargʻona Shahar IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.B ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech