17 Iyun 2022 yil 437

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

15-may kuni Qoʻqon shahar IIB JQB qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan T.N.ni qoʻlga olishdi.

Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.Sh.ni hamda Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.Sh.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech