18 May 2023 yil 352

Qidiruvdagi shaxslar ushlandi

Fargʻona viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik boʻlimi va Oʻzbekiston tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismida (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan E.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona tuman IIB Probatsiya boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismida (Bosqinchilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan P.V.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech