21 Sentyabr 2022 yil
370
Sandiq ichidan 1000 AQSH dollarini oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi
Beshariq tumani.07-sentabr kuni M.Z ismli ayol Toshariq mahalla hududida yashovchi Sh.Z ismli ayolni yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib yashash xonadonidagi sandiq ichida boʻlgan 1.000 AQSH dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashinringan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati