Rasmiy bayonot
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “So'x tumanida maktabda jiyanining ro'moliga qarshilik bo'lgani uchun uning tarafini olgan erkakni 10 sutkaga qamab qo'yilgan” sarlavhali xabar Farg'ona viloyati IIB tomonidan o'rganib chiqildi.
Ma'lum bo'lishicha, 2022 yilning 18 aprelь kuni So'x tumanida istiqomat qiluvchi X.R va A.R.lar jamoat joyi hisoblangan So'x tumani XTBga qarashli 25-sonli maktabga borib, hech bir sababsiz o'qituvchilarni turli uyatli so'zlar bilan haqorat qilib, baqir-chaqir qilib o'sha yerda bo'lgan o'qituvchi va o'quvchilarning tinchligini buzib, huquqbuzarlik sodir qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan ma'muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudining 2022 yilning 27 aprelь kunidagi qaroriga muvofiq yuqoridagi ikki nafar shaxslar Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga 10 (o'n) sutka muddatga ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati