3 Dekabr 2021 yil 3620

Rasmiy bayonot

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan videoxabarda “Fargʻona shahrida kechadan beri YPX mashinalari aylanib yuribdi sababi "noma’lum" favqulodda vaziyatga tayyorgarlik..” deya sharx qoldirilgan.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Fargʻona shahrida, shahar prokuraturasi, IIO FMB tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda va mas’ul idoralar hamkorligida shahardagi mahallalar kesimida jinoyatchilikni jilovlash hamda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadida “Yoʻl-xarita”si ishlab chiqilib, profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Ishchi guruhlar tomonidan mahallalarda jinoyat va huquqbuzarlik kelib chiqishiga sabab boʻluvchi omillarni oʻrganish, jinoyatlar muhokamasini oʻtkazish, profilaktik suhbat va reyd tadbirlarini amalga oshirish bilan birga jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan keng targʻibot ishlari ham yoʻlga qoʻyilgan.

Shu oʻrinda, hurmatli fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi shov-shuvli xabarlarga ishonib qolmaslikni, ayrim blogger va jurnalistlardan har qanday axborot manbaani toʻliq oʻrganmasdan turib, asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarni soʻrab qolamiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech