29 Mart 2022 yil 1450

RASMIY BAYONOT

Internet ijtimoiy tarmoqlarida “Qoʻqon shahrida oʻnlab fuqarolarni IIB xodimlari uylaridan olib ketgan va kechasi qoʻyib yuborganligi” haqida tarqalgan xabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Ma’lum boʻlishicha, joriy yilning 28-mart Qoʻqon shahrida huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilib, tadbir davomida tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishlari boʻyicha jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslar va guvohlar Qoʻqon shahar IIB olib kelingan va ular bilan tegishli tartibda tergov-surishtiruv harakatlari oʻtkazilib, yashash joylariga ketishlariga ruxsat berilgan.

Mazkur holatda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan tan jarohati yetkazish yoki qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilmagan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech