RASMIY MUNOSABAT
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Fargʻonada IIB binosidan 15 yoshli oʻsmirning murdasi chiqdi” sarlavhali videoxabar viloyat IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ma’lum boʻlishicha 2022-yilning 16-oktabr kuni Buvayda tumani IIB inspektor psixologi tomonidan voyaga yetmagan R.A. ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Qoʻqon shahrida joylashgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga olib kelingan.
17-oktabr kuni voyaga yetmagan R.A hamda yotoqxonadagi boshqa bolalar oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik sababli janjal кelib chiqqan. Janjal davomida voyaga yetmagan S.K hamda E.A.lar R.A.ning bosh qismiga urib, ogʻir tan jarohati yetkazishgan. Natijada R.A shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
Hozirda, Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holatda IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan boʻlib, yakuniga koʻra huquqiy baho beriladi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati