RASMIY MUNOSABAT
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan bir nechta shaxslarning oʻzaro janjallashayotganligi aks etgan videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ma’lum boʻlishicha, joriy yilning 26-iyun kuni fuqaro D.T viloyat IIB “102” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, unda fuqaro B.T ni bir nechta qoʻshnilarini urib, tan jarohati yetkazganligi haqida xabar bergan. Xabar tegishli tartibda roʻyhatga olingan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 22-iyun kuni Rishton tumani Yangi avlod MFY, Archazor koʻchasi 121-uy oldidagi soya joyga fuqaro J.N va F.S “Damas” rusumli mashinasida kelib toʻxtagan payt shu joydagi savdo doʻkoni egasi B.T ularga mashinani bu yerga qoʻymaslikni aytgan. Natijada oʻzaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Ushbu janjalga F.S ning 7 nafar tanishlari ham kelib aralashishgan.
Hozirda tan jarohati yetkazilganlik holatini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Rishton tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati