5 Iyul 2022 yil 1820

RASMIY MUNOSABAT

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan rishtonlik ayolning “Bolam ham kaltak yeydi, ham jarima toʻlaydimi” mazmunidagi murojaati Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24-mart kuni soat 00:05larda Rishton tuman Shokir ota koʻchasida huquqbuzarlar S.K va A.E (murojaatchi ayolning oʻgʻli) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqarolarning tinchligini buzib, baqir-chaqir qilishib, oʻz navbatida N.I jamoat joyida spirtli ichimlik ichib, huquqbuzar A.E ni uyatli soʻzlar bilan soʻkib, mayda bezorilik sodir etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tuman IIB tomonidan taqdim etilgan hujjatlar 28.04.2022-yil kuni jinoyat ishlari boʻyicha Rishton tuman sudida koʻrib chiqilib, huquqbuzarlar A.E, N.I va S.K larning sodir etgan harakati oʻzlarining suddagi koʻrsatmalari, aybiga iqror boʻlib yozgan tushuntirish xatlari va ishdagi boshqa dalillar bilan toʻliq oʻz tasdigʻini topgan.

Sud huquqbuzar S.Q hamda A.E ga Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi tartibida, N.I ga nisbatan ushbu kodeksning 183, 187-moddalari bilan jarima jazosi tayinlangan.

Murojaatchiga shuni ma’lum qilamizki, sud qarorida norozi taraf belgilangan tartibda yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish huquqi borligi koʻrsatib oʻtilgan.
Fuqarolarimizdan esa, yuqoridagi kabi holatlarga rasmiy munosabat bildirilmasdan turib, nooʻrin xulosaga bormasliklarini soʻrab qolamiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech