RASMIY MUNOSABAT
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “YPX xodimiga boʻysunmasdan, harakatda davom etayotgan "Spark" shunday toʻxtatib qolindi” sarlavhali videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ma’lum boʻlishicha, 14.04.2023-yil kuni Uchkoʻprik tumani Begobod qishlogʻi hududidan oʻtgan 4R-112 avtomobil yoʻlida davlat raqam belgisiz, yon oynalari tusi oʻzgartirilgan "Spark" rusumli transport vositasi harakatlanib borayotganligi haqida YPX inspektori A.A.ga (videoxabardagi xodim) xabar kelib tushgan.
Shundan soʻng inspektor A.A avtomobilni toʻxtatish choralarini koʻrgan. Lekin haydovchi J.J, xodimning toʻxtash va avtomashinadan tushish haqidagi qonuniy talablariga boʻysunmagan.
Ushbu vaziyatda inspektor A.A Ichki ishlar vazirligi buyruq talablariga asosan kuch ishlatib, avtomobil oynasini sindirib, haydovchini toʻxtatib qolgan.
Mazkur holat yuzasidan haydovchi J.J.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydoniga joylashtirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati