22 Aprel 2023 yil 1003

RASMIY MUNOSABAT

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Qoʻqon shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 5 kishi vafot etganligi haqidagi xabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Ma’lum boʻlishicha, 22-aprel kuni soat 08:00 larda berilgan dastlabki xabarga koʻra, haydovchi 1998-yilda tugʻilgan A.T “Gentra” rusumli avtomashinani shaharning Turkiston-Poʻstindoʻz koʻchalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan vaqtda, 1972-yilda tugʻilgan B.X boshqaruvidagi “Mersedes benz” rusumli avtomashina 2-darajali yoʻldan chiqib kelishi natijasida YTX sodir boʻlgan.

Natijada “Мерседес бенз” avtomashinasida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchilar ogʻir tan jarohati olib, vafot etgan.

Haydovchilar A.T va B.X.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu oʻrinda, fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirilmasdan turib, notoʻgʻri xulosaga bormasliklarini, yoʻl harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini soʻrab qolamiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech