3 May 2023 yil 636

RASMIY MUNOSABAT

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Buvayda tumanida sodir boʻlgan YTHga jiddiy e’tibor qaratilmayotganligi haqidagi xabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi

Ma’lum boʻlishicha, 2023-yil 27-mart kuni voyaga yetmagan I.Sh “Nexia-3” rusumli avtomashinada tumanning, Bachqir qishlogʻi hududida harakatlanib borayotib, boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻl chetida harakatalanib kelayotgan voyaga yetmagan piyodachi T.I ni urib yuborgan.

Shuningdek, yoʻl chetida toʻxtab turgan fuqaro T.U.ga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashinaga borib urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining 06.04.2023-yildagi xulosasida T.I. yopiq kalla miya jarohati, bosh ensa suyagini sinishi, ensa sohasining ezilib yirtilishi kabi hayot uchun xavfli, ogʻir tan jarohati olganligi koʻrsatilgan.

Hodisa oqibatida har ikkala “Nexia-3” avtomashinalari ham turli darajada shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan voyaga yetmagan Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, yakuniga koʻra qonuniy qaror qabul qilish uchun sud organiga yuborilganligini hamda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi doirasida fuqaro T.U.ning avtomashinasiga yetkazilgan 24.336.000 soʻm miqdoridagi zararni undirish borasida sudga da’vo arizasi kiritilganligini ma’lum qilamiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech