2 Avgust 2023 yil 11189

Rasmiy munosabat

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan ikki nafar shaxsning oʻzaro janjallashayotganligi aks etgan videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 1-avgust kuni Fargʻona shahrida yashovchi fuqaro Sh.S. “Yandeks” firmasiga taksi buyurtma qilgan hamda buyurtmani mazkur firma haydovchisi Fargʻona shahrida yashovchi 2002-yilda tugʻilgan I.R. qabul qilib, birozdan soʻng oʻz boshqaruvidagi “Cobalt” rusmli avtomashinasida S.Sh. turgan S.Temur koʻchasiga yetib kelgan.

Biroq, fuqaro Sh.S. haydovchi I.R.ning telefon apparati oʻchib qolganligidan va uning qoʻngʻirogʻiga javob bermaganidan jahli chiqib, u bilan oʻzaro janjallashib, I.R.ning avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib sindirib yuborgan.

Holatning barcha ishtirokchilari shaxsiga oydinlik kiritilib, Sh.S qo'lga olingan. Hozirda Fargʻona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mulkka yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash boʻyicha, tegishli tartibda ekspertiza tayinlangan.

Videoxabardagi IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Yakuniga ko'ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech