RASMIY MUNOSABAT
“Erkak kishi roddomda hamshiraning sochidan tortib sudrab chiqmoqda” sarlavhali videoxabar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqildi.
Malum boʻlishicha, 2021-yil 27-avgust kuni Oʻzbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tugʻriq boʻlimida fuqaro M.S. tomonidan dunyoga keltirilgan, jinsi oʻgʻil chaqaloq, 27-avgust kuni vafot etganligidan xabar topgan M.S.ning qaynotasi, fuqaro S.S. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, tugʻriq boʻlimida ishlovchi akusher-ginekolog Yu.A.ning sochidan tortib, urib-doʻpposlab, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga koʻra, shu kunning oʻzida S.S.ga nisbatan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hamda tergov harakatlari oʻtkazilib, yakuniga koʻra toʻplangan hujjatlar tegishli sudlovga yuborilgan.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan 27.08.2021-yil kuni yuqoridagi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilgan.
Ijtimoiy tarmoq faollaridan tarqatilayotgan ma’lumotlarni haqqoniyligi va toʻgʻriligiga ishonch xosil qilgandan soʻnggina tarmoqqa joylashtirishlarini soʻraymiz.
Eski xabarlarning takroran tarqatilishi, fuqarolar orasida turli nooʻrin xulosalar shakllanishiga sabab boʻladi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati