RASMIY BAYONOT
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida noma’lum shaxs tomonidan “Gentra” rusumli avtomashinani tosh bilan urib, oynalarini sindirayotganligi aks etgan videoxabar yuzasidan
RASMIY BAYONOT
Ushbu holat Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganilganda quyidagilar ma’lum boʻldi.
Joriy yilning 10-yanvar kuni Oltiariq tumani Qapchugʻay MFY da yashovchi M.X. oʻz xonadoni oldida Z.M, G.K hamda S.M ismli ayollar bilan uy-joy masalasidagi kelishmovchiliklari yuzasidan janjallashib ketishgan.
Janjal vaqtida ayollalardan biri M.X ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinaning oynalarini sindirib, ziyon yetkazganligi uchun M.X ayollarga tegishli “Gentra” avtomashinasining oynalarini sindirib ziyon yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasida 5 nafar fuqarolar “YENGIL” shikastlanganligi koʻrsatilgan.
Tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida “Matiz” rusumli avtomashinaga 1.547.709 “Gentra” rusumli avtomashinaga 8.964.254 soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Toʻplangan hujjatlar yuzasidan fuqaro M.X, S.M, M.K, va Z.Mlarning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52 va 612-moddalariga tegishli qismlarida koʻrsatib oʻtilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli, toʻplangan hujjatlar qonuniy xal etishlik uchun Oltiariq tumani Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga yuborilgan.
Bundan tashqari tomonlar oʻrtasidagi yer-joy, mol-mulk, oldi-berdi masalasi yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati