30 Aprel 2022 yil 1875

RASMIY BAYONOT

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Uchkoʻprik tumanidagi bogʻcha hududida tuman boʻlimi mudirasining oʻgʻli 11-MTTning sobiq mudirasi va singlisini chopib tashlamoqchi boʻldi” sarlavhali videoxabar tarqaldi.

Mazkur habar Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganilganda quyidagilar ma’lum boʻldi.
Joriy yilning 28-aprel kuni Uchkoʻprik tumani Miltiqchi qishlogʻida joylashgan 11-maktabgacha ta’lim muassasasiga yangi mudira tayinlanganligi sababli tanishtiruv jarayonida sobiq MTT mudirasi M.A uning onasi M.Q va singlisi Q.M va tuman MTT boshligʻi G.X oʻrtalarida janjal kelib chiqib, M.Q, G.X ga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur janjalga G.X ning oʻgʻli A.X aralashib, M.Q, M.A va Q.M lar bilan janjallashib, avtomashinasi yukxonasida boʻlgan chopqi (dastkalla) bilan onasini yana bezovta qilishsa, shu bilan chopib tashlashligini bildirib, tahdid qilgan.
Holat shu kunning oʻzida tuman IIB tomonidan oʻrganilib, birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilgan va tomonlarning jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Oʻtkazilgan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosalarida fuqaro G.X va A.X (erkak)lar YENGIL, M.Q sogʻligini buzulishiga olib kelgan YENGIL shkastlar olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan fuqaro Q.M ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan, fuqaro A.X ga nisbatan 109-moddasi 2-qismi (qastdan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv harakatlari oʻtkazishga kirishilgan.

Tergov yakuniga koʻra ishga aloqador boʻlgan barcha shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Shu oʻrinda, hurmatli bloger va jurnalistlarimizdan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuqoridagi kabi holatlarga huquqiy baho berilmasdan hamda yakuniy qaror qabul qilinmasdan turib, nooʻrin xulosa qilmasliklarini soʻrab qolamiz. Shuningdek, qonunlarimizdan yolgʻon va asoslanmagan ma’lumotlarni ommaga tarqatganlik uchun ham javobgarlik belgilanganligini eslatib oʻtamiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech