RASMIY BAYONOT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Fargʻonada Bodi kamerasi yoʻq, jezl koʻtarib olgan PPX xodimi haydovchi bilan muloqotga kirdi” izohli videoxabar tarqaldi.
Videoxabarda haydovchi tomonidan Patrul-post xizmati xodimi “Bodi Kamera”dan foydalanmasdan muloqotga kirishganligi uchun e’tiroz bildirilganligi aks ettirilgan.
Aniqlanishicha, Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining tegishli Farmoyishiga asosan vedeoxabardagi Ichki ishlar organlarining Patrul-post xizmati xodimi Yoʻl-harakati xavfsizligi boshqarmasi ixtiyoriga xizmat faoliyatini davom ettirish uchun vaqtinchalik oʻtkazilgan boʻlib, zimmasiga Yoʻl-patrul xizmati inspektorlari bilan birgalikda xizmat olib borgan holda yoʻl-harakati xavfsizligini ta’minlashda koʻmaklashish va boshqa bir qator vazifalar yuklatilgan.
Videoxabarda aks ettirilgan holatda ichki ishlar organi xodimi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida transport vositasi bilan bogʻliq belgilangan muddat ichida bartaraf etilmagan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish maqsadida haydovchi bilan suhbat olib borgan.
Videoxabarda keltirilgan holat yuzasidan hozirda Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan boʻlib, yakuniga koʻra, har bir holatga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Shu oʻrinda eslatib oʻtamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qaroriga asosan hozirda viloyat hududida faqatgina Yoʻl-patrul xizmati inspektorlari maxsus “Bodi kamera”lar bilan ta’minlangan holda xizmat olib borishmoqda.
Shu bilan birga, amaldagi yoʻl harakati qoidalarining 7-bandiga koʻra, mexanik transport vositasining haydovchisi Ichki ishlar organlari xodimining talabiga koʻra, tekshirish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etishi shartligini yana bir bor eslatib oʻtamiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati